Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

A A A
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning tegishli qarori bilan Normurodova Gulnora Ikromovna Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Normurodova 1985 yilda Jizzax (hozirgi Sharof Rashidov) tumanida tug‘ilgan.

U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz: 2018 yildan 2024 yilgacha viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Muxtorova Nazira Abdusattorovna Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.

Kiritildi: 08:05 17.12.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!