Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Yermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boshqalar oldindan til biriktirib, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensasiya sifatida 6 sotixdan yer ajratish to‘g‘risidagi hokim qaroriga ilova qilingan ro‘yxatni qalbakilashtirish orqali fuqaro A.ni ro‘yxatga kiritib berishni 8,5 mln so‘mga kelishib, shundan muqaddam 500 ming so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.