Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha tarixda eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi Dani Alves hibsga olindi

A A A
Jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha tarixda eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi Dani Alves hibsga olindi

Jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilingan Olimpiada chempioni Ispaniyada qo‘lga olindi. Endi Alves sud oldida javob berishi kerak, deb yozdi La Vanguardia gazetasi.

2022 yil dekabr oyi oxirida futbolchi tomonidan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha tergov harakatlari boshladi. Alves va uning atrofidagilar barcha ayblovlarni rad etishmoqda.

Braziliyalik futbolchi 39 yoshda, u 43 ta sovrin bilan tarixdagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi: olti karra Ispaniya chempioni, ikki karra Fransiya chempioni, Italiya chempioni, uch marta Chempionlar ligasida, ikki marta UYEFA kubogida, uch marta UYEFA Superkubogida g‘alaba qozongan.

Shu xabarlar ortidan Meksikaning “Pumas” klubi Alves bilan shartnomani bekor qildi.

Kiritildi: 13:35 21.01.2023. O'qildi: 2096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!