Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Jinoyatchi Isroil og‘ir bombalar oldi

Jinoyatchi Isroil og‘ir bombalar oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp yanvar oyi oxirida Isroilga yetkazib berish taqiqini bekor qilgan 2 ming funt (taxminan 907 kg) og‘irlikdagi MK-84 aviabombalari partiyasi dengiz orqali Isroilga keltirildi va Ashdod portida tushirildi.

Bu haqda yahudiy davlati Mudofaa vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Yaqinda AQSh hukumati tomonidan tasdiqlangan og‘ir aviabombalar partiyasi Isroilga yetib keldi va tushirildi. MK-84 og‘ir o‘q-dorilar ortilgan kema Ashdod portiga kelib to‘xtadi va yuklari tushirildi. O‘q-dorilar o‘nlab yuk mashinalariga yuklanib, Isroil harbiy-havo kuchlari bazalariga yetkazib berildi," - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 21:36 16.02.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!