Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Jim Kerri endi Rossiyaga kela olmaydi – TIV 100 nafar Kanada fuqarosiga sanksiya joriy qildi

Jim Kerri endi Rossiyaga kela olmaydi – TIV 100 nafar Kanada fuqarosiga sanksiya joriy qildi

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

Qayd etilishicha, sanksiyalar “bosh vazir Jastin Tryudo rejimi tomonidan Rossiya rahbariyati, siyosatchilar va parlament a’zolari, biznes vakillari, ekspertlar va jurnalistlar, madaniyat arboblari va boshqalarga joriy etilgan sanksiyalar amaliyotiga javoban kiritilmoqda.

Vazirlik doimiy ravishda Rossiyaning “stop-listi”ga kiritilgan 100 ta ism ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida aktyor Jim Kerri, jurnalist, Stepan Banderaning nabirasi Stefan Bandera va kinoaktrisa Ketrin Vinnik bor.

Kiritildi: 15:36 15.11.2022. O'qildi: 2736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!