Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jigar salomatligini saqlab qolish usuli aniqlandi

Jigar salomatligini saqlab qolish usuli aniqlandi

Vishnevskiy tibbiy jarrohlik markazining xirurg-gepatologi, tibbiyot fanlari doktori Yuriy Kovalenko jigar salomatligini qanday saqlab qolish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faol hayot tarzi, meva va sabzavotlar hamda yong‘oqni ko‘proq iste’mol qilish, shuningdek, spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilishdan bosh tortish va shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish jigarning sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi.

Jigar kasalliklari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar – virusli infeksiyalar, oziq-ovqat orqali yuqadigan gelmint infeksiyalari va kasallangan uy hayvonlari bilan aloqa qilish, yuqori kaloriyali ovqatlar, ortiqcha vazn, alkogol ichimliklarni iste’mol qilish hamda giyohvand moddalarni qabul qilish hisoblanadi.

Kovalenkoning ta’kidlashicha, jigar kasalliklari sonining ko‘payishi B va C virusli gepatitga chalingan bemorlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, giyohvand moddalarni qabul qilish, tatuirovka qilish, qon quyish, organlarni transplantasiya qilish, kosmetik vositalarni qo‘llash orqali kelib chiqadi.

 

Kiritildi: 09:50 06.10.2019. O'qildi: 4154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!