Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jenevada AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qoldi

Jenevada AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qoldi

Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha Jeneva muzokaralari "to‘xtab qoldi".

Bu haqda Amerikaning Axios axborot agentligi jurnalisti Barak Ravid ikki manbaga tayanib xabar bermoqda.

U Rossiya delegasiyasining yangi rahbari, Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiyning pozisiyasini keltirdi.

"Ikki xabardor manba menga Jenevadagi siyosiy guruh muzokaralari "to‘xtab qolganini" aytishdi. Manbalar bunga yangi Rossiya bosh muzokarachisi Vladimir Medinskiy tomonidan taqdim etilgan pozisiyalar sabab bo‘lganini aytishdi", deb yozgan Ravid ijtimoiy tarmoqlarda.

Uchrashuv 17 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Rossiya ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib, muzokaralar "juda keskin" bo‘lganini xabar qilishdi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!