Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026. Yaponiya Niderlandiyaga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

JCH-2026. Yaponiya Niderlandiyaga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Yaponiya terma jamoasi Amerikaning Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasi bilan durang o‘ynadi — 2:2.

Niderlandiyaliklar himoyachi Virjil van Deyk (51-daqiqada) va hujumchi Krisensio Sammervillning (64-daqiqada) gollari evaziga ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi. Yaponlar esa ushbu gollarga 57 va 88-daqiqalarda javob qaytarishdi — hujumchi Keyto Nakamura hamda yarim himoyachi Daiti Kamada o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Hozirda Yaponiya terma jamoasi 1 ochko bilan «F» guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Niderlandiya esa xuddi shuncha ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Guruh bosqichining 2-turida Yaponiya 21 iyun kuni Tunis bilan kuch sinashadi. Niderlandiya esa 20 iyun kuni Shvesiyaga qarshi maydonga tushadi.

NIDERLANDIYa — YAPONIYa — 2:2
Gollar:
Virjil van Deyk 51 (1:0), Keyto Nakamura 57 (1:1), Krisensio Sammervill 64 (2:1), Daiti Kamada 88 (2:2).
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, van Xekke, van de Ven, Dyumfris, de Yong, Reynders (Kopmeyners, 70), Gravenberx (Ake, 81), Gakpo (Brobbi, 85), Sammervill (Timber, 70), Malen (Depay, 70).
Yaponiya: Sudzuki, Taniguti, X. Ito, Vatanabe (Sugavara, 75), Kamada, Sano, Nakamura, Doan (Tomiyasu, 75), Kubo (Ogava, 75), Maeda (D. Ito, 66), Ueda (Siogai, 84).
Ogohlantirishlar: Sammervill (61), Depay (83), van de Ven (90).

Kiritildi: Bugun 07:01. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!