Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

JCH-2026: Tahlilchilar kimning imkoniyatini yuqori baholamoqda?

JCH-2026: Tahlilchilar kimning imkoniyatini yuqori baholamoqda?

Shu yilning yozida futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Goal portali tahlilchilari nufuzli turnir ishtirokchilarining g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholab chiqishdi.

Amaldagi Yevropa chempioni hisoblangan Ispaniya terma jamoasi turnirning bosh favoriti sifatida e’tirof etildi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan amaldagi jahon chempioni — Argentina joy oldi. Kuchli uchlikni Fransiya milliy terma jamoasi yakunlab berdi.

Shuningdek, asosiy da’vogarlarning kuchli o‘ntaligiga Portugaliya, Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Norvegiya va Belgiya terma jamoalari kirdi. Braziliya esa kutilmaganda 11-o‘rindan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!