Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026 mukofot puli oshirildi: O‘zbekiston kamida 12,5 million dollar oladi

JCH-2026 mukofot puli oshirildi: O‘zbekiston kamida 12,5 million dollar oladi

FIFA JCH-2026 uchun mukofot pullari miqdorini oshirish haqida qaror qabul qildi.

1. Turnirga tayyorgarlik uchun har bir jamoaga ajratiladigan subsidiya 1,5 million dollardan 2,5 million dollargacha oshirildi.

2. JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritganlik uchun beriladigan mukofot puli 9 million dollardan 10 million dollargacha ko‘tarildi.

3. Qo‘shimcha ravishda jamoalar delegasiyalar yashashi uchun subsidiyalar, shuningdek, barcha ishtirokchilar uchun umumiy hisobda taxminan 16 million dollarlik kengaytirilgan chipta kvotasiga ega bo‘ladi.

Yangi taqsimotga ko‘ra:

Chempion: 50 mln dollar
Finalchi (2-o‘rin): 33 mln dollar
3-o‘rin: 29 mln dollar
4-o‘rin: 27 mln dollar
5–8-o‘rinlar: 19 mln dollar
9–16-o‘rinlar: 15 mln dollar
17–32-o‘rinlar: 11 mln dollar
33–48-o‘rinlar: 10 mln dollar

Shu tariqa, JChda ishtirok etgan har bir mamlakat uchun eng kamida 12,5 million dollar miqdoridagi mukofot puli kafolatlandi. Tabiiyki, ushbu summa jamoaning ishtirokiga qarab oshib boraveradi.

Kiritildi: Bugun 11:18. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!