Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026 finali qaysi stadionda o‘tkazilishi ma’lum qilindi

A A A
JCH-2026 finali qaysi stadionda o‘tkazilishi ma’lum qilindi

2026 yilgi Jahon chempionati final uchrashuviga mezbonlik qiladigan stadion nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, yangicha formatda o‘tadigan AQSH, Kanada va Meksika mezbonligidagi mundialning finaliga Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium" stadioni mezbonlik qiladi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 83 ming muxlisni sig‘dira oladi.Bu haqida FIFA matbuot xizmati ma’lum qildi. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan o‘yinga esa 65 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Hard Rock Stadium” mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 21:36 05.02.2024. O'qildi: 3008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!