Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

JCH-2022 saralash bosqichida O‘zbekiston Yamanni mag‘lubiyatga uchratdi

A A A
JCH-2022 saralash bosqichida O‘zbekiston Yamanni mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining Osiyodagi saralash bosqichida ikkinchi raundi ikkinchi o‘yinida Yaman jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 10 oktyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobida yakuniga yetdi.

Hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov Yaman darvozasiga ilk golni kiritdi. Shuningdek, hujumchi Eldor Shomurodov (33'), yarim himoyachi Jamshid Iskandarov (53'), himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev (72') va hujumchi Igor Sergeev (90') qolgan gollarga mualliflik qildi.

Bu yangi bosh murabbiy Vadim Abramov rahbarligi ostidagi birinchi uchrashuv. Avvalgi bosh murabbiy Ektor Kuper jamoa saralash bosqichi birinchi uchrashuvida Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan so‘ng iste’foga chiqdi.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston D guruhida 3 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

 

Kiritildi: 21:00 10.10.2019. O'qildi: 2253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!