FIFA hisobotiga ko‘ra, Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati mukofot jamg‘armasi 440 mln dollarga teng bo‘ladi.
Jahon chempioni bo‘lgan milliy jamoaga 42 mln dollar beriladi. 4 yil oldin Rossiyada o‘tkazilgan turnirda bu qiymat 38 mln dollarga teng edi.
Mukofot jamg‘armasi taqsimoti quyidagicha:
• JCH-2022 g‘olibi - $42 mln;
• 2-o‘rin sohibi - $30 mln;
• 3-o‘rin sohibi - $27 mln;
• 4-o‘rin sohibi - $25 mln;
• 5-8-o‘rinlar - $17 mln (jami $68 mln);
• 9-16-o‘rinlar - $13 mln (jami $104 mln);
• 17-32-o‘rinlar - $9 mln (jami $144 mln).
Bundan tashqari FIFA futbolchilarni milliy jamoalarga yuborgan klublarga 200 mln dollarni taqsimlab beradi.
Jahon chempionati 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi va 18 dekabrgacha davom etadi.