Parij mustamlakachilik davrida Jazoir sahrosida amalga oshirilgan yadroviy portlashlarni tozalash uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.
Bu haqda Jazoir Millatlar kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi Solih Gujil ma’lum qildi.
"Jazoirning pozisiyasi Fransiyadan mustamlakachilik davrida Jazoir sahrosida fransuz mustamlakachilari tomonidan amalga oshirilgan yadroviy portlashlar oqibatlarini bartaraf etish uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni talab qilishdan iborat", deb ta’kidladi u.
"Jazoir xalqi, ayniqsa, ushbu portlashlar sodir bo‘lgan mintaqalar aholisi, ularning halokatli oqibatlaridan bugungi kungacha azob chekishda davom etmoqda", deb ta’kidladi Gudjil.