Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jazirama tugadi: bu hafta shamol, salqin havo va yog‘ingarchilik

Jazirama tugadi: bu hafta shamol, salqin havo va yog‘ingarchilik

Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra O‘zbekiston hududida 2-5 sentyabr kunlari havo harorati biroz pasayadi, Farg‘ona viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida  yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 sentyabrda +12... +17, 5 sentyabrda +8... +13, kunduzi 2 sentyabrda +25... +30 daraja issiq, 3-5 sentyabrda esa +20... +25 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida - yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12... +17, 3-4 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +28... +33 daraja issiq bo‘ladi. 4-5 sentyabrda +23... +28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida  havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12... +17, 3-4 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +27... +32, 4-5 sentyabrda +23... +28 bo‘ladi.

Qashqadaryo v Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +13... +18, 3-5 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +30... +35, 4-5 sentyabrda +28... +33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda +13... +18, 4-5 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +25... +30, 4-5 sentyabrda +23... +28 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda, 2-3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +10... +15, 3-5 sentyabrda +8... +13, kunduzi 2-3 sentyabrda +17... +22, 4-5 sentyabrda +15... +20 daraja issiq bo‘ladi.

 

Kiritildi: 17:22 02.09.2019. O'qildi: 2606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!