Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Javohir Sindarov 1 000 000 AQSh dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi

Javohir Sindarov 1 000 000 AQSh dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi

14-24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Tech Mahindra Global Chess League 2025 turniri bo‘lib o‘tadi.

Uchinchi mavsum Global Chess League musobaqasida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari yana bitta superliga atrofida jam bo‘ladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi roppa-rosa 1 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Jami 6 jamoa va har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi (kamida 2 ayol; kamida 1 yosh (U-21) o‘yinchi bo‘lishi shart) bo‘ladi.

Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o‘ynaydi. Umumiy turlarlardan so‘ng eng ko‘p ochko to‘plagan ikki jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi.

Sindarov shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand, shuningdek, Vinsent Keymer, Stavrula Solakidu, Polina Shuvalova va Raunak Sadhvani bilan birgalikda Ganges Grandmasters jamoasi sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Javohir Sindarov kuni kecha Janubiy Afrika Respublikasida yakuniga yetgan Freestyle Chess Finals turnirida qatnashib, 4-o‘rinni egallagandi.

Kiritildi: 20:09 13.12.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!