Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jasur Jaloliddinov Superliga klubi bilan shartnoma imzoladi

Jasur Jaloliddinov Superliga klubi bilan shartnoma imzoladi

Ma’lumki, ayni paytda yozgi transfer oynasi boshlandi. "So‘g‘diyona" ushbu davr mobaynida tarkibni bir nechta tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

Iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan jizzaxliklar bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzoladi.

Ma’lumot uchun: Jasur Jaloliddinov professional faoliyati davomida quyidagi klublar safida to‘p tepgan:
▪️ Bunyodkor
▪️ Lokomotiv Moskva (Rossiya)
▪️ FK Tambov (Rossiya)
▪️ Andijon
▪️ Lokomotiv Toshkent
▪️ Qayrat (Qozog‘iston)
▪️ Olimpik
▪️ Neftchi
▪️ Sumgait (Ozarbayjon)

Jasur O‘zbekiston U-19, U-21 va U-23 terma jamoalarida 40 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifi bo‘lgan.

Milliy terma jamoa safida esa u ilk o‘yinini 2020 yil 23 fevral kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:1) o‘tkazgan.

Shuningdek, Jasur U-23 jamoasi tarkibida 2024-yilgi Osiyo Kubogi finaliga qadar yetib borib, Parij–2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Jasur Jaloliddinov Superliga klubi bilan shartnoma imzoladi

Kiritildi: 16:41 04.07.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!