Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Jarimani to‘lab haydovchilik guvohnomamni qaytarib olsam bo‘ladimi?

Jarimani to‘lab haydovchilik guvohnomamni qaytarib olsam bo‘ladimi?

— Joriy yilning 7 yanvar kuni kech soat 00:40 lar chamasida boshqaruvimda bo‘lgan mashinamni boshqarib kelayotganimda viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilganlikda gumon qilindim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganim sabab, menga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. MJtKning 136-moddasi 1-qismi bilan 1 yil 6 oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindim. MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida, ya’ni 1 561 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Oradan shuncha oy o‘tdi, jarimani to‘lab haydovchilik guvohnomamni qaytarib olsam bo‘ladimi?
E.Z., Qashqadaryo viloyati

Murojaatga Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi sudyasi Zavqiddin Yarashevdan javob oldik:
— Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 343-moddasida maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartishning asoslari va tartibi ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqaratishi mumkin.
Mazkur asos va tartiblarga O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil
12 yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni bilan qo‘shimcha kiritilgan. Uunga ko‘ra, muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish shaxs tayinlangan jarimani to‘lashi shart qilib belgilangan.
O‘z navbatida, MJtKning 344-moddasi tartibida transport vositalari haydovchilarini mazkur huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab, shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.
Mazkur holatda siz, sud tomonidan tayinlangan jarimani to‘lagan holda, sud qaroriga asosan 1 yilu 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligingiz bois, qaror chiqarilgan kundan, yoxud agarda haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortganlik holatingiz mavjud bo‘lgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, muddatning yarmi ya’ni,
9 oy o‘tgach, siz ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyatini orqali yashash joyingizdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 17:25 14.07.2021. O'qildi: 4377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!