JAR Tashqi ishlar vazirligi Trampning "ushbu mamlakatdagi oq tanlilarning huquqlari buzilayotgani" haqidagi ayblovlarini rad etdi.
"Janubiy Afrika Respublikasi hukumati AQSh prezidentining mamlakatda oq tanlilarga nisbatan tazyiqlar kuzatilayotgani haqidagi da’volari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildiradi", deyiladi TIV bayonotida.
Avvalroq Donald Tramp AQSh vakillari Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik” (G20) sammitida ishtirok etmasligini aytib, tadbirning ushbu mamlakatda o‘tkazilayotganini “mutlaq sharmandalik” deb atagan edi.
AQSh prezidenti JARdagi afrikaanerlar (golland, fransuz va nemislarning avlodlari) “o‘ldirilayotgani, ularning yer va fermalari noqonuniy tarzda tortib olinayotgani”nini bildirgandi.
Ma’lumot uchun G20 sammiti 2025 yil 21–22 noyabr kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.