Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Japarov: «O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q»

A A A
Japarov: «O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q»

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAVda Kampirobod (Andijon) suv omboridan Farg‘onaga suv quvuri yotqizilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi, deb yozadi gazeta.uz.

«O‘zbekistonga oqib o‘tayotgan suvni O‘zbekiston tomoni qanday qilib olishining bizga farqi yo‘q. Bu quvur liniyasi, ariq yoki havo orqali bo‘ladimi, muhim emas. Asosiysi, har bir harakat tomonlar o‘rtasida kelishib olinadi», — dedi u «Kabar» agentligiga bergan intervyusida.

«Qirg‘iziston tomoni Kampirobod suv ombori suvining atigi 10 foizidan foydalanadi. Qolgan suv O‘zbekistonga 100 yildan beri oqib keladi. Yana 100 yil o‘tadi», — dedi Qirg‘iziston rahbari.

Japarov o‘z izohida, shuningdek, «Azattik» radiosi («Ozodlik» radiosining qirg‘iz xizmati) tomonidan e’lon qilingan «Kampirobod avval Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan», degan videoni ham tanqid qildi.

«Kampirobod suv ombori har doim O‘zbekiston nazoratida bo‘lgan va ular uni 100 foiz boshqargan. O‘tgan yili chegara masalalarini hal qilar ekanmiz, suv ombori bilan bog‘liq masalalarni ham hal qilgan edik. Kelishuvga ko‘ra, bundan buyon suv omborini boshqarish 50/50 asosida amalga oshiriladi», — dedi va «Azattik» materialini «odamlarni chalg‘itishga urinish» deb atadi.

Keyinroq «Azattik» ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan videoni «tahririyat tahlili uchun» olib tashlagani va saytdagi yangiliklarga tahrir qilingani haqida xabar berdi.

«Nega biz teng boshqaruvga rozi bo‘ldik? Bu biz uchun katta yutuq. Birinchidan, biz suv darajasini 900-gorizontdan yuqoriga ko‘tarilmasligi uchun nazorat qilamiz. Yerlarimiz suv ostida qolmasligi kerak. Ikkinchidan, to‘g‘on tagida joylashgan qishloqlarimiz uchun sug‘orish vaqtida suv omboridan suv olishimiz kerak», — deya tushuntirdi Qirg‘iziston prezidenti.

Kiritildi: 08:56 28.09.2023. O'qildi: 2641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!