Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan to‘rtta jinoiy ishning birinchisi bo‘yicha 10 yil qamoq jazosi so‘raldi — Yonhap.
Janubiy Koreya maxsus prokurori Seul markaziy okrug sudida mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni sud ishiga to‘sqinlik qilganlik aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.
Prokurorlar Yun Sok Yolni 2025 yil yanvar oyida tergovchilarning uni hibsga olishiga to‘sqinlik qilishga urinishda ayblamoqda. Shuningdek, sobiq prezident Vazirlar mahkamasining to‘qqiz nafar a’zosining huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda, ular harbiy holat joriy etish rejasini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishga chaqirilmagan.
Mazkur ish 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq to‘rtta jinoiy ishning birinchisi hisoblanadi. Yun Sok Yol 2024 yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan va hibsga olingan edi.