Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti KXDRga yordam berishda ayblanmoqda — Yonhap

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti KXDRga yordam berishda ayblanmoqda — Yonhap

"Maxsus prokuror 10 noyabr kuni sobiq prezident Yun Sok Yolga o‘tgan yili qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani bilan bog‘liq ish bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlar e’lon qildi, u hokimiyatni suiiste’mol qilish va dushman davlatga ko‘maklashishni nazarda tutadi", deyiladi agentlik xabarida.

Ayblov versiyasiga ko‘ra, Yun Sok Yol harbiy qo‘mondonlik bilan birgalikda Shimoliy Koreya hududida javob harakatlarini qo‘zg‘atish va ularni harbiy holat joriy etish uchun bahona sifatida qo‘llash maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda maxfiy operasiya o‘tkazishni buyurgan.

Shuningdek, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va harbiy kontrrazvedka qo‘mondonligining sobiq rahbari Yo In-Xyonga ham ayblov qo‘yilgan. Bundan tashqari, dron operasiyalari qo‘mondonligi rahbari Kim Yon De xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish va soxta hujjatlar tuzishga undashda ayblanmoqda, biroq u hibsga olinmagan.

Yun Sok Yol o‘tgan yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 16:46 10.11.2025. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!