Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi «Aricell» litiy batareyalar zavodida 24 iyun kuni yong‘in sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan va ularning 20 nafari chet davlatlar fuqarolari hisoblanadi.
Ushbu yong‘in oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar orasida hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi.