Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘inda 22 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘inda 22 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada dushanba kuni Xvason shahridagi litiy akkumlyatorlari zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 22 kishi, jumladan, xorijliklar halok bo‘ldi, deya xabar beradi Yonhap.

Bir kishi bedarak yo‘qolganligi sababli qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar.

Halok bo‘lganlar orasida 20 nafari xorijliklar: 18 nafari Xitoy fuqarosi, bir nafari Laos fuqarosi va bir nafarining fuqaroligi aniqlanmagan”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Seuldan 45 kilometr janubda joylashgan Xvasondagi litiy akkumlyatorlar ishlab chiqaruvchi Aricell zavodida yong‘in ertalab soat 10:30da boshlangan. Asosiy yong‘in soat 15:10da nazoratga olingan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘in boshlanganidan keyin to‘rt soatdan ko‘proq vaqt o‘tgach, binoga kirib, jasadlarni topib, yong‘inni nazoratga oldi.

Xabar qilinishicha, yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra uch qavatli binoda sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq o‘chirish qiyinligini ma’lum qilishdi, chunki litiy akkumlyatorlari yong‘inlarini an’anaviy usullar yordamida o‘chirish qiyin.

O‘t o‘chirish bo‘limi akkumlyatorlarning uzluksiz portlashi tufayli yong‘in tez tarqalib ketgani, qutqaruvchilarning qidiruv va qutqaruv ishlari uchun binoga kirishini qiyinlashtirganini aytdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoda kamida 35 ming akkumulyator bo‘lgan.

Kiritildi: 20:50 24.06.2024. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!