Janubiy Koreyada maxsus prokuratura guruhi 2024 yil dekabrda joriy etilgan harbiy holat bilan bog‘liq ish doirasida sobiq prezident Yun Sok-yulga o‘lim jazosi tayinlashni talab qildi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Seul markaziy okrug sudida bo‘lib o‘tgan yakuniy majlisda prokuratura Yun Sok-yulni sud va qonun chiqaruvchi hokimiyatni nazorat qilish orqali hokimiyatni saqlab qolishga urinishda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida sobiq prezident mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan, ammo parlament bir necha soat ichida uni bekor qilgan. Keyinchalik Yun Sok-yul impichment qilinib, lavozimidan chetlatilgan va hibsga olingan.