Bugun 1 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun «yashil yo‘lak» orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi

Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun «yashil yo‘lak» orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30 noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan “yashil yo‘lak” loyihasi 2025 yilning 31 yanvar kunigacha uzaytirildi.

Demak, Koreya Respublikasida noqonuniy yurgan bo‘lsangiz 2025 yilning 31 yanvar sanasiga qadar “yashil yo‘lak”dan foydalanib erkin chiqib ketishingiz mumkin.

Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar:

1 oydan kam bo‘lsa 1,000,000 von (716$)
1 oydan 3 oygacha 1,500,000 (1074$)
3 oydan 6 oygacha 2,000,000 (1432$)
6 oydan 1 yilgacha 4,000,000 (2864$)
1 yildan 2 yilgacha 7,000,000 (5012$)
2 yildan 3 yilgacha 10,000,000 (7160$)
3 yildan 5 yilgacha 20,000,000 (14321$)
5 yildan 7 yilgacha 25,000,000 (17902$)
7 yildan ko‘p bo‘lsa 30,000,000 (21482$) miqdorida jarima to‘laydi.

Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsangiz:

▪️yuqoridagi jarimalardan ozod etilasiz;
▪️keyinchalik Koreyaga qayta kirishingiz yengillashadi.

🔵 Ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migrasiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan:

▪️katta miqdorda jarima; (har bir oyi uchun 2000$)
▪️Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llaniladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

- Koreya Adliya vazirligi sayti: www.hikorea.go.kr
- Migrasiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi 02-2285-1341 Asilbek Abdumutalov, Saida Adhamova.

❗️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizdan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, ularning urf-odatlarini hurmat qilishlarini va noqonuniy yurgan yurtdoshlarimizni yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekistonga qaytishlarini so‘rab qoladi,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 04:00. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!