Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreyada kema ag‘darilib ketishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan

A A A
Janubiy Koreyada kema ag‘darilib ketishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan

Janubiy Koreya qirg‘oqlarida kemaning ag‘darilishi oqibatida kamida to‘qqiz nafar baliqchi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Ryonhap agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning janubi-g‘arbiy suvlarida, aholi yashamaydigan Dayebichi orolidan 16,6 kilometr uzoqlikda baliqchi qayig‘i ag‘darilib ketdi.

Harbiy-dengiz floti qidiruv-qutqaruv operasiyasiga kemalar, samolyotlar va maxsus kuchlarni jalb qildi.

Ekipajning uch a’zosi qutqarib olindi. To‘qqiz dengizchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qidiruv davom etmoqda.

Kiritildi: 11:06 05.02.2023. O'qildi: 1720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!