Bu haqda Yonhap nashri xabar bermoqda.
"Samolyot ertalab soat 9:03 da halokatga uchragan, ammo ikkita registrator 8:59 da ma’lumotlarni yozib olishni to‘xtatgan. Parvoz haqidagi so‘nggi daqiqalardagi ma’lumotlarning yo‘qligi halokatni tekshirishni qiyinlashtiradi. Biroq yozuvlar tergovchilar uchun yagona manba emas", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, endi tekshiruvda turli axborot manbalari, jumladan, havo harakatini boshqarish yozuvlari, halokat videolari va voqea joyidagi qoldiqlar tahlilidan foydalaniladi.