KXDR va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Donald Trampning AQShda hokimiyatga qaytishini kutish fonida Janubiy Koreyada o‘z yadro qurolini yaratish g‘oyasini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, janubiy koreyaliklarning 66 foizi o‘z harbiy arsenalidagi yadroviy qurolni «qo‘llab-quvvatlaydi» yoki «qattiq qo‘llab-quvvatlaydi», bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga ko‘p.
🗣 «Janubiy Koreyaning o‘z yadro quroliga ega bo‘lishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash kuchaymoqda va bu yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Na hukumat, na yirik siyosiy partiyalar buni rasmiy siyosat masalasi sifatida qabul qilmagan bo‘lsada, bu variantni muhokama qilishga chaqiriqlar tobora kuchayib bormoqda», - deydi koreyalik tahlilchi Sangsin Li.