Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya va AQSh vakillari Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish faktini hali tasdiqlamadi

Janubiy Koreya va AQSh vakillari Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish faktini hali tasdiqlamadi

Ukraina prezidenti parlamentda so‘zga chiqib, Shimoliy Koreya Rossiyaga nafaqat qurol-yarog‘, balki ishchi kuchi – mudofaa zavodlari uchun ishchilar va hattoki askarlarni ham jo‘nata boshlagani haqidagi razvedka ma’lumotlariga ishora qildi.

Biroq, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar vakillari deyarli bir vaqtning o‘zida Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga jo‘natilishi haqidagi xabarlarni o‘rganayotganliklarini e’lon qilishdi, ya’ni ular hozircha ularni aniq tasdiqlangan deb hisoblamaydilar.

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam berish uchun qo‘shin yuborgani ehtimolini diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.

«Biz faktlarni tasdiqlash uchun Ukraina tomoni bilan ham hamkorlik qilmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi departament.

Mamlakat Milliy Mudofaa vazirligi quyidagicha izoh berdi:
«Askarlar yoki fuqarolik xodimlari ta’minlanishi ehtimoli bor, shuning uchun biz buni kuzatib boryapmiz».

Seulda bo‘lib turgan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kurt Kempbell ham Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi haqidagi xabarlarning ishonchliligini baholashda davom etishini, biroq ularga xavotir bilan qarashini aytdi, deb yozadi Reuters.

Kiritildi: 22:14 16.10.2024. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!