Bu haqda mahalliy SBS telekanali xabar bermoqda.
Seulga tashrif buyurgan Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi Ukraina delegasiyasi Koreya Respublikasi prezident bilan uchrashdi. Umerov ushbu uchrashuvda Koreya qurollari, jumladan, “Chhongun” o‘rta masofaga mo‘ljallangan “er-havo” tasnifidagi raketalari, artilleriyaga qarshi radarlar va 155 mm o‘lchamli o‘q-dorilarni sotib olish istagini bildirdi.
Koreya rasmiylari urush bo‘layotgan hududga qurol sotish mamlakat qonunlariga zid ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun yetarli harbiy ishlab chiqarish ta’minotga ega emasligi bildirildi.
"Seulning Kiyev tomonidan bildirilgan taklifni rad etishiga sabab AQSh prezidentligiga Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan Trampning saylangani bo‘lishi mumkin. Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti bilan hamfikr bo‘lmasdan Ukrainaga yordam berish oson bo‘lmaydi", deya xabar beradi SBS telekanali.
Rustem Umerov tashrif davomida Seulni" Shimoliy Koreya harbiylarining urushda Rossiya tomonida ishtirok etayotgani" haqida xabardor qilganini aytdi.