Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya TikTok bo‘yicha tergov boshlaydi

Janubiy Koreya TikTok bo‘yicha tergov boshlaydi

Janubiy Koreya regulyatori TikTok ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha milliy qonunchilikni buzganlikda gumon qilinib, audit o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Yonhap axborot agentligi.

Manbalarga ko‘ra, TikTok o‘z foydalanuvchilaridan Koreya qonunchiligiga muvofiq bunday kontentni olishga rozilik berish o‘rniga avtomatik ravishda reklama olishni talab qilganlikda ayblangan.

Janubiy Koreya Aloqa komissiyasi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, TikTok ma’lumotlarni himoya qilish qonunlarini buzganlikda gumon qilinmoqda va tez orada platforma bo‘yicha tekshiruv boshlanadi.

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok platformasi ham platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchilarga to‘liq foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatini taqdim etmaganlikda ayblangan.

Janubiy Koreyaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, platformalar foydalanuvchilarga marketing yoki reklama kontentini olish yoki olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish erkinligini ta’minlashi va bunday kontentni yuborish uchun ularning oldindan roziligini olishi shart.

Qoidabuzarlar 30 million von (22 279 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Kiritildi: 20:32 07.10.2024. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!