Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga to‘sqinlik qilishda ayblab, 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.
Bundan tashqari, hozirda Yun Sok Yolga nisbatan davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bilan sud jarayoni davom etmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreya prokuraturasi harbiy to‘ntarish qilishga uringan sobiq prezident uchun o‘lim jazosini so‘ragani ma’lum qilingandi.
Yun Sok Yol 2024 yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan va hibsga olgan edi.