Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Je Inni korrupsiyada ayblamoqda — Reuters

 Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Je Inni korrupsiyada ayblamoqda — Reuters

Jeongju okrugi prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Mun Je In korrupsiya ayblovi bo‘yicha sud jarayoniga jalb etilgan. Shuningdek, Thai Eastar Jet kompaniyasiga asos solgan sobiq deputat Li Sang-Jik ham poraxo‘rlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblangan.

Prokurorlar sobiq prezidentning kuyovi mazkur aviakompaniyada yuqori lavozimli ishga joylashtirilgan. 2018–2020 yillarda u maosh va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida 217 million von (151 ming dollardan ortiq) mablag‘ olgan. Prokurorlar bu mablag‘lar sobiq prezidentga pora sifatida berilgan, deb hisoblamoqda.

Deputat va Munning yaqin yordamchisi Yun Kun Yon ayblov sobiq prezidentni tegishlicha tergov qilmasdan, asossiz tarzda chiqarilganini ta’kidladi.

Thai Eastar Jet Munga qarshi ayblovni "prokuratura tomonidan siyosiy qasos va oldingi ma’muriyatga qarshi repressiya", deb atadi.

Mun Je In 2017–2022 yillarda Janubiy Koreyada prezidentlik qilgan. Mun prezidentlik lavozimidan ketganidan keyin, tinch hayot kechirishni boshlagan, turmush o‘rtog‘i bilan ona qishlog‘ida dehqonchilik va parrandachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Kiritildi: 13:30 30.04.2025. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!