Janubiy Koreya apellyasiya sudida prokurorlar Samsung Electronics prezidenti Li Dje Yonni aksiyalarni manipulyasiya qilish va sho‘’ba kompaniyalarni birlashtirishda firibgarlik ayblovlari bilan jazolashni talab qilmoqda.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Janubiy Koreya prokuraturasi sho‘’ba kompaniyalarning munozarali birlashuvi bo‘yicha apellyasiya ishi doirasida Li Chje Yonga besh yillik qamoq jazosini so‘radi. Prokuraturaga ko‘ra, bu birlashish Li Yongning korporasiya ustidan nazoratini kuchaytirishga yordam bergan.
Fevral oyida Seul markaziy okrug sudi Li Chje Yongni buxgalteriya hisobidagi firibgarlik va aksiyalarni manipulyasiya qilishda ayblab oqladi, biroq prokurorlar apellyasiya shikoyati berdi.
Prokurorlar Lining xatti-harakatlari aksiyadorlarga zarar yetkazgan va korporativ shaffoflik qonunlarini buzgan, deya oqlov hukmini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Li Chje Yon ilgari korrupsiya bilan bog‘liq shov-shuvli sud jarayonlarida ishtirok etgan, biroq 2022 yilda u prezident tomonidan afv etilgan, bu esa unga Samsung kompaniyasini boshqarishda davom etish imkonini bergan.