Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya polisiyasi prezidentga qarshi tergov boshladi: u davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

Janubiy Koreya polisiyasi prezidentga qarshi tergov boshladi: u davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilgani uchun davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.

AFP yuqori martabali polisiyachiga tayanib yozishicha, Yun to‘ntarish uyushtirishda ayblanmoqda. Nashr bu holatda prezidentning daxlsizligi hisoblanmasligini va unga hatto o‘lim jazosi qo‘llanilishi ham mumkinligini yozmoqda.

Yonhap'ning aniqlik kiritishicha, polisiya ikki shikoyatdan so‘ng tergovni boshlagan. Ulardan biri Koreya Innovasion partiyasi (muxolifat partiyalaridan biri), ikkinchisi esa 59 nafar faollar guruhi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu ayblovlar nafaqat prezident, balki sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon, ichki ishlar vaziri Li San Min va harbiy holatni tatbiq etish uchun mas’ul etib tayinlangan general Pak An Suga ham tegishli.

Kiritildi: 14:18 05.12.2024. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!