Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya polisiyasi prezident idorasida tintuv o‘tkazishni boshladi

A A A
Janubiy Koreya polisiyasi prezident idorasida tintuv o‘tkazishni boshladi

Janubiy Koreya polisiyasi prezident Yun Sok Yol idorasi va huquqiy boshqarmalarda tintuv o‘tkazishni boshladi, deb xabar tarqatdi “Yonhap” axborot agentligi.

Mamlakatda 3-4 dekabr kunlari joriy qilingan harbiy holatni tekshirish bo‘yicha Maxsus tergov guruhi tarqatgan bayonotda prezident idorasi, Milliy polisiya agentligi, Seul shahri polisiya boshqarmasi va parlamentni qo‘riqlash bo‘linmasida tintuv o‘tkazishga kirishilgani ma’lum qilingan. Tintuv natijalari hozircha oshkor etilmadi.

Kiritildi: 22:20 11.12.2024. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!