Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreya Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash tashabbusiga qo‘shildi

Janubiy Koreya Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash tashabbusiga qo‘shildi

Janubiy Koreya rasmiylari respublikaning Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlariga hissa qo‘shish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi. Qayd etilishicha, Seul «Etakchilarning Ormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha qo‘shma bayonoti»ga qo‘shilishga qaror qilgan.

«Qo‘shma bayonotga qo‘shilish... Ormuz bo‘g‘ozida xavfsizlik va erkin kemachilikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlariga hissa qo‘shish niyatini tasdiqlaydi», — deya xabar matnidan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Kiritildi: Bugun 13:17. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!