Janubiy Koreya 23 avgust, chorshanba kuni so‘nggi olti yil ichida birinchi marta havo ogohlantirishi holatida fuqarolar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Qayd etilishicha, to‘rt kunlik Ulchi fuqaro mudofaasi o‘quv mashg‘ulotlari doirasida chorshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi mashqlari o‘tkaziladi.
Bu 2017 yil avgustidan buyon bunday turdagi birinchi mashg‘ulotdir.