Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya olimlari ekologik toza plastmassa yaratishdi

Janubiy Koreya olimlari ekologik toza plastmassa yaratishdi

Janubiy Koreyalik olimlar plastmassaga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan biologik parchalanadigan materialning tarkibiy qismlarini yaratish uchun Sorynebasterium bakteriyalarini "o‘rgatishdi". Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, yangi materialning asosiy "ishlab chiqaruvchilari" Corynebacterium turlarining genetik jihatdan o‘zgartirilgan bakteriyalari bo‘lgan. Metabolik muhandislikdan foydalanib, psevdoaromatik dikarboksilik kislotalarni sintez qilishni o‘rganganlar. Ushbu birikmalar noyob xususiyatlarga ega ekologik toza poliyesterlarning asosini tashkil etdi. Polesterlar plastmassa sanoatida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi.

Laboratoriya tekshiruvlariga ko‘ra, yangi biomaterial o‘zining fizik xususiyatlari bo‘yicha poliyetilentereftalatdan qolishmaydi, biroq ayni paytda tabiiy sharoitda ancha tez parchalanadi.

Kiritildi: 16:45 12.11.2024. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!