Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya MOQ prezidenti korrupsiyada gumon qilindi

Janubiy Koreya MOQ prezidenti korrupsiyada gumon qilindi

Janubiy Koreya Madaniyat va sport vazirligi mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Li Ki Xenni noqonuniy faoliyat va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilgani uchun lavozimidan chetlatdi.

Yonhap axborot agentligi xabariga ko‘ra, 10-noyabr kuni Hukumat siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasining axloq bo‘yicha tekshiruv guruhi polisiyadan Li Ki Xen va boshqa sport amaldorlarini noto‘g‘ri xatti-harakatlarda tergov qilishni so‘ragan.

11 noyabr kuni Madaniyat, sport va turizm vazirligi mamlakat MOQ rahbarini lavozimidan chetlatdi.

Li Ki Xen o‘z farzandlarining do‘stlarini ishga olish uchun Jincheon milliy o‘quv markazining ishga olish talablarini yumshatishga buyruq berganlikda gumon qilinmoqda.

Kiritildi: 09:49 12.11.2024. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!