Bu 2025 yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan beshta harbiy sun’iy yo‘ldosh uchirish dasturining bir qismidir, deya xabar bermoqda agentlik.
Mamlakat rasmiylarining aytishicha, mazkur sun’iy yo‘ldoshlar Shimoliy Koreyadagi vaziyatni yanada aniqroq kuzatish hamda Qo‘shma Shtatlarning sun’iy yo‘ldosh orqali olinuvchi ma’lumotlariga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi.