Koreya Aerokosmik boshqarmasi (KASA) yangi milliy kosmik tadqiqot strategiyasini e’lon qildi.
The Korea Times’ning yozishicha, ushbu reja doirasida mamlakat 2045 yilgacha Oyda ilk iqtisodiy bazani barpo etishni maqsad qilgan.
Kosmik tadqiqotlar yo‘l xaritasi:
– 2040 yilgacha Oy logistikasiga xizmat qiluvchi qo‘nuvchining yaratilishi rejalashtirilgan.
– 2045 yilgacha to‘laqonli Oy bazasi quriladi — u resurslardan foydalanish va harakatlanish texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.
– Reja kosmosda iqtisodiy faoliyatni boshlab beruvchi muhim qadamlardan biri sifatida qaralmoqda.
Shuningdek, 2035 yilgacha Quyosh faoliyatini kuzatadigan sun’iy yo‘ldoshni Lagrange L4 nuqtasiga uchirish rejalashtirilgan.