Janubiy Koreyada itlarni so‘yish va oziq-ovqat uchun sotishga to‘liq taqiq 2027 yilda kuchga kiradi.
Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi e’lon qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, it go‘shti fermalarining 82 foizi allaqachon faoliyatini to‘xtatgan: 1535 ta fermadan 1265 tasi 2024 yildan beri yopilgan. Qolgan fermalar 2026 yil oxiriga qadar faoliyatini to‘xtatishi kutilmoqda.
Vazirlikning ta’kidlashicha, qolgan fermalarda ham, allaqachon yopilgan fermalarda ham mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar va noqonuniy ko‘paytirishni aniqlash uchun tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Bu taqiq prezident Yun Sok-Yolning saylovoldi va’dalaridan biri edi. So‘nggi yillarda mamlakatda it go‘shtini iste’mol qilish, ayniqsa yosh avlod orasida sezilarli darajada kamaydi.