Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Afrikada yashovchi yer yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa (foto)

A A A
Janubiy Afrikada yashovchi yer yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa (foto)

Janubiy Afrikada yer yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa yashaydi, deb yozadi Esquire.

Bu dengiz sathidan ming metr balandlikdagi Kap tog‘larida uchraydigan tor og‘izli qurbaqa.

Janubiy Afrikada yashovchi yer yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa (foto)

Ular boshqa qurbaqalardan farqli ravishda suv havzalaridan uzoqda, mustaqil ravishda hayot kechira oladi. Odatda ular belkuraksimon orqa panjalari yordamida o‘zlariga uya qaziydi.

Tor og‘izli qurbaqalar yuz ifodalari tufayli  insonlar e’tiborini qozongan. Ularning yuzlari juda g‘amgin, og‘iz chetlari esa pastga qaragan.

Shuningdek, ushbu qurbaqa boshqa qurbaqalardek vaqqillamaydi, balki baland ovozda chiyillaydi.

Kiritildi: 01:00 21.06.2020. O'qildi: 6893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!