Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Janubiy Afrika Respublikasiga tashrif buyurish niyatida. Bu fikrni Respublika parlamenti a’zosi va Afrikani o‘zgartirish uchun harakat partiyasi rahbari Vuyo Zungula ham ma’lum qildi, deya xabar beradi RT .
"Bu faqat Qo‘shma Shtatlar unga endi mablag‘ bermaslikka qaror qilgani uchun amalga oshirilmoqda. U shunchaki o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqchi", dedi Zungula.
Siyosatchining qayd etishicha, Ukraina rahbari mojaroni hal qilish uchun qandaydir yechim taklif qila oladiganlar bilan gaplashishni rejalashtirmayapti. Zungulaning ta’kidlashicha, Zelenskiy mojaro boshlanganidan beri turli mamlakatlarni kezib kelgan.
RTning qayd etishicha, Ukraina prezidentining Janubiy Afrikaga safari 24 aprelga rejalashtirilgan.