Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jamoat tartibini buzib bezorilik sodir etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Jamoat tartibini buzib bezorilik sodir etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 23.00 larda voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan Baxodir F. do‘stlari bilan Sergeli tumanida futbol o‘ynayotgan vaqtida, 2002 yilda tug‘ilgan Jasur R. va 2003 yilda tug‘ilgan Fazliddin M.lar ularga shovqin solmasligini aytib, e’tiroz bildirgan. Natijada ular o‘rtasida og‘zaki janjal boshlangan va shu atrofdan o‘tib ketayotgan fuqarolar ularni ajratgan.

Oradan bir oz vaqt o‘tib, taxminan soat 23.30 larda Baxodir F. va uning akasi 2001 yilda tug‘ilgan Baxtiyor R. Mirobod tumani Qo‘yliq-4 mavzesida Jasur R., Fazliddin M., 2002 yilda tug‘ilgan Ulug‘bek M., 2004 yilda tug‘ilgan Abror N. bilan janjallashgan. Natijada, Baxodir F. “Chap kaft sohasi kesilgan jarohati, bosh sohasi shilinmasi” tashxisi bilan, Baxtiyor R. “BMYOJ, burun suyagi sinishi, yuz sohasi yirtilgan jarohati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Terov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 13:16 29.03.2023. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!