Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jamoat joylarida tibbiy niqob taqmaganlar qancha jarima to‘laydi?

Jamoat joylarida tibbiy niqob taqmaganlar qancha jarima to‘laydi?

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo‘lgani yo‘q. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

«Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Ushbu moddaga ko‘ra, Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», dedi u.

Kiritildi: 15:14 16.03.2021. O'qildi: 7254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!