Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jamg‘arma, investisiya va daromadlilik: uy-joyga investisiya yoki depozitlar?

Jamg‘arma, investisiya va daromadlilik: uy-joyga investisiya yoki depozitlar?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investisiyalarning daromadliligi tahlil qilindi.

Er resurslarining cheklanganligi va aholi sonining oshib borishi sharoitida ko‘chmas mulkra investisiya kiritish mulkka egalik qilish bilan birga, barqaror daromad olish imkonini beradi. Bunda ko‘chmas mulkni ijaraga berish hamda mulk qiymatining ma’lum vaqtdan keyin oshishi (kapital o‘sish) hisobiga daromad olish mumkin.

2025-yil aprel oyida Toshkent shahrida uy-joyga investisiyalarning daromadliligi 6,2%gacha tushdi (2024-yilning aprelida 27,8%). Bunda, mazkur davrda ijaradan keladigan o‘rtacha daromad 10,9%dan 8,5%gacha kamaygan bo‘lsa, uy-joylarning o‘rtacha narxi 2,4% arzonlashdi.
Lekin, uy-joyga investisiyalar daromadliligi ko‘chmas mulkning joylashgan hududi va xonalar soniga qarab bir-biridan sezilarli farqlanadi:
1 xonali: Shayxontohur – 25,1% (2024-yil aprel – 41,4 %), Mirobod – 0,4 % (24,7 %);
2 xonali: Yakkasaroy – 16,2% (12,1%), Uchtepa – -2,0% (27,1%);
3 xonali: Yakkasaroy – 16,8% (27,0%), Uchtepa – 1,6% (23,6%);
4 xonali: Yakkasaroy – 15,6% (25,2%), Olmazor – -2,5 % (21,3%).

Uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan daromad.
2024-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy xarid qilib, joriy yil aprel oyida ushbu uyni sotishiga to‘g‘ri kelgan investorlar bir yil ichida uy-joylar bozor qiymatining pasayishi sababli uyni xarid narxidan o‘rtacha 2,4% kamiga realizasiya qilishga majbur bo‘ldi. Xususan, ushbu ko‘rsatkich Uchtepa tumanida 7,4%ni, Yunusobod tumanida 4,4%ni, Olmazor tumanida 4,2%ni tashkil qildi. Lekin Toshkent shahrida nisbatan qimmat uy-joylar joylashgan tumanlardan Shayxontohur va Yakkasaroyda uy-joy narxi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda o‘rtacha 6% ni tashkil etdi.

Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad. Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joylar ijarasidan olinadigan o‘rtacha daromad pasayishda davom etdi. 2024-yilning aprel oyida o‘rtacha daromadlilik 10,9%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning aprel oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 8,1%gacha pasaydi. Mazkur davrda, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha daromadlilik Mirobodda 9,2% (2024-yil aprel oyida – 11,2%) va Shayxontohurda 8,9% (12,6 %) qayd etildi.

Daromadlilik darajasi bo‘yicha investision jozibadorligi yuqoriroq bo‘lgan 1 va 2 xonali xonadonlar uchun daromadlilik darajasi mos ravishda 8,5% va 6,3%gacha tushdi. Joriy yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 14,3% va 7,5%ni tashkil etib, 2024-yilning aprel oyidagiga (mos ravishda 30,2% va 25,5%) nisbatan sezilarli darajada kamaygan edi. Shuningdek, joriy yil aprel oyida 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi 6,7% va 3,3%gacha kamaydi (2024-yil aprel oyida 24,9% va 30,6%).

Bank depozitlari daromadlilik darajasi.
2024-yilning aprelidan 2025-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,1% atrofida tebranib turgan bo‘lsa, milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22% ni tashkil etgan. Ushbu raqamlar bir tomondan, uy-joyning investisiyaviy daromadliligi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlaridan olinadigan o‘rtacha daromadlilikka yaqinlashayotganidan dalolat bersa, boshqa tomondan, milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 10:05 20.05.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!