Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jaloliddin Masharipov Ronaldu jamoasiga qarshi maydonga chiqdi

Jaloliddin Masharipov Ronaldu jamoasiga qarshi maydonga chiqdi

Elit Osiyo chempionlar ligasi 3-turida «Istiqlol» Dubayda «An-Nasr»ni qabul qildi.

Bahsda riyodliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tehronliklar safida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 72-daqiqada zaxiraga olindi. U 49-daqiqada ogohlantirish oldi.

Istiqlol Eron – An-Nasr Ar-Riyod Saudiya Arabistoni 0:1 (0:0, 0:1)

22 oktyabr, 21:00, «Al-Rashid»

Gol: 0:1 – 81 Laport.

Istiqlol – Xosseyni, Djalali (Zakipur, 87), Rezayan, Moradmand, Fallax, Rafael Silva, Niknafs (Rezavand, 87), Ndong, Jaloliddin Masharipov (Kakuta, 72), Eslami (Blanko Leshuk, 87), Moxammadi (Kushki, 7).

An-Nasr Ar-Riyod – Bento, Al-Nadjdi (Al-Ganam, 46), Laport, Simakan (Al-Avdjami, 46), Bushal, Al-Xaybari (Al-Xassan, 46), Brozovich, Otavio, Mane (Uesli, 83), Anjelo Gabriel (Taliska, 65), Ronaldu.

Ogohlantirish: Jaloliddin Masharipov (49).

Kiritildi: 23:22 22.10.2024. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!